Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Bu mamlakatimizda yoshlarga oid qabul qilinayotgan birinchi yaxlit strategiya bo‘lib, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning o‘rni va salohiyatini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.

Bugungi kunda yurtimiz aholisi 38 million nafarni tashkil etayotgan bo‘lsa, shundan 9,5 millioni yoki qariyb 25 foizi 14-30 yoshdagi yigit-qizlardir. Har yili 270 mingta yosh oila shakllanmoqda. Ana shu demografik omil yoshlar siyosatiga uzoq muddatli va tizimli yondashuvni talab etmoqda.

Strategiyada yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, sifatli va inklyuziv ta’limni rivojlantirish, xorijiy tillarni ommalashtirish va kasbiy ta’limni kengaytirish, mehnat bozorini rag‘batlantirish hamda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, madaniy, jismoniy va ma’rifiy rivojlanishni kuchaytirish, volontyorlik harakatini keng yoyish, yoshlar salomatligini mustahkamlash, shuningdek, ochiqlik va ishtirok mexanizmlarini kengaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.

Taqdimotda 2030 yilga qadar erishilishi lozim bo‘lgan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi. Xususan, har yili 600 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash, 2030 yilga qadar 900 ming yoshni volontyorlikka jalb etish, o‘quv markazlari sonini 90 mingtaga yetkazish, 450 ming nafar yoshning xorijiy tillar bo‘yicha bilimini B2 darajasiga olib chiqish, yoshlar jinoyatchiligini kamaytirish, har yili kamida 10 mingta yosh oilani ipoteka orqali qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalar nazarda tutilgan. Ta’lim sohasida yoshlarning sifatli bilim olishi, nodavlat ta’lim xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash, chekka hududlarda o‘quv markazlari imkoniyatlarini kengaytirish, xorijiy tillarni o‘rganishni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi imtiyozlar nazarda tutilgan.

Jumladan, olis va chekka hududlarda o‘quv markazlarini tashkil etishga 300 million so‘mgacha ssuda ajratish, ular uchun ijtimoiy soliqni va o‘qituvchilarining daromad solig‘ini 1 foiz etib belgilash taklif etildi. Shuningdek, B2 darajaga erishgan yoshlar uchun xorijiy pasport rasmiylashtirish uchun bojni, C1 daraja va tadbirkorlik tashabbuslari uchun ayrim davlat xizmatlari to‘lovlarini 50 foizgacha kamaytirish taklif qilinmoqda.

Strategiyada yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Ipoteka dasturi orqali kreditning Markaziy bank stavkasi yuqori qismi qoplab berilishi, shu tariqa uy-joy masalasida yosh oilalarga qo‘shimcha yengillik yaratilishi belgilanmoqda.

Ijtimoiy faollikni oshirish maqsadida volontyorlik jamg‘armasidan 100 million so‘mgacha grantlar ajratish, faol yoshlarni davlat tashkilotlarida pullik amaliyotga jalb qilish, ilg‘or ijodkorlar uchun Prezident mukofotini joriy etish, shuningdek, kitob va Book-kafelar joylashgan “Yoshlar ko‘chalari”ni tashkil qilish rejalashtirilgan. Yoshlar infratuzilmasining minimal standartlari belgilanadi, har bir hududdan “yoshlar tuman-shaharlari” tanlab olinib, ushbu standartlarni joriy etish bo‘yicha namuna yaratiladi.

Yoshlar salomatligini mustahkamlash, ruhiy xavf omillarini qisqartirish, psixologik ko‘mak tizimini kuchaytirish masalalari ham strategiyada o‘z aksini topgan. Xususan, ruhiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar ulushini 40 foizga kamaytirish, tunu kun ishlaydigan psixologik aloqa markazini tashkil etish, sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar ulushini 25 foizga oshirish nazarda tutilmoqda.

Yoshlar siyosatida ochiq muloqot va ob’ektiv tahlil tizimini kuchaytirish maqsadida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan yoshlarning ehtiyojlari va kutilmalari yuzasidan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilib, Milliy yoshlar indeksi tuziladi. Yigit-qizlarning murojaatlari bilan ishlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Har payshanba yoshlar bilan muloqotlar o‘tkazib boriladi.

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ham strategiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Shu maqsadda xalqaro forumlar, global tashabbuslar, avlodlar muloqoti, Xalqaro yoshlar kongressi kabi formatlar yo‘lga qo‘yilishi, 12 avgust – Xalqaro yoshlar kuni doirasida yirik tadbirlar o‘tkazilishi, 100 ming nafar o‘zbekistonlik yoshlarning xalqaro dasturlarda ishtirokini ta’minlash rejalashtirilgan. Shuningdek, BMT, Jahon banki, YETTB kabi tuzilmalar bilan “Junior Professional Officer” dasturi doirasida xalqaro tashkilotlarda amaliyotni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Strategiyani 2026-2027 yillarda amalga oshirish doirasida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 56 ta loyiha amalga oshiriladi. Jumladan, “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturida Garvard, Stenford, MIT, London biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 20 ming yoshni o‘qitish, 1 mingta biznes loyihasini saralab olish va ularga 3 yilgacha muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha ssuda berish rejalashtirilgan. Yosh tadbirkorlarga muhandislik tarmoqlariga ulanish xarajatlarini qisman qoplash tartibi ham joriy etiladi.

Respublika bo‘yicha “O‘zbekiston yoshlarni sevadi!” loyihasi, “Hayot fest” yoshlar festivali, “Talaba Fest” va “Talaba Expo 2026” kabi tadbirlar o‘tkaziladi, Robototexnika assosiasiyasining faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi.

Davlatimiz rahbari yoshlar masalasiga doir barcha tashabbus va choralar, eng avvalo, yosh avlodning bilimli, sog‘lom, tashabbuskor va vatanparvar bo‘lib kamol topishiga, ularning hayotda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi. Strategiyani samarali amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

Эълон қилинган расмий маълумотларга кўра, Ўзбекистон — Колумбия ўйини учун ҳозирги соатгача роппа-роса 74 725 та чипта сотиб бўлинган.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

Qurbonlar bor! Qarshi tumanida sodir bo‘lgan portlash to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Дастлабки маълумотга кўра, 4 та автомобиль (2 та кобалт, 2 та газ ташишга мўлжалланган автомобиль) ҳамда 2 та ер остидаги ёқилғи сақлаш резервуари ёниб зарарланган.

Kuba fuqarolarga qurol tarqatishni boshladi

​Нашр маълумотларига кўра, бу орол атрофида кескинликнинг кучайиши ва Вашингтоннинг минтақадаги ҳарбий иштироки ортиши билан боғлиқ.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Zo'r TV telekanali 13-iyun kuni JCH-2026ning 4 ta o‘yinini jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун жаҳон чемпионатининг 1-туридан ўрин олган 4 та баҳсни жонли эфирда трансляция қилади.

Putin Ukrainaga zarbalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi

Владимир Путин уруш иштирокчилари билан учрашувда Россия Украина бўйлаб амалга оширилаётган зарбаларни кучайтиришини маълум қилди.

AQSh Ukrainani Rossiyaning "Oreshnik" raketasi bilan zarba berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Бу ҳақда Украина ҳукуматидаги манба хабар берди.

O‘zbekistonliklarning kredit qarzdorligi rekord darajaga yetdi

2026 йил 1 май ҳолатига кўра, аҳолининг банклар олдидаги кредит қарздорлиги 230,8 трлн сўмни ташкил этди.

Andijonda ikki poraxo‘r qo‘lga tushdi

Ҳозирда ҳар икки ҳолат бўйича қонунбузарларга нисбатан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili

Берлиндаги Фан ва сиёсат жамғармаси (SWP) эксперти Янис Клюге 2026 йилнинг январ-март ойлари якунлари бўйича шундай баҳо берди. Унинг маълумотларига кўра, ушбу даврда Россиянинг ҳарбий харажатлари янги максимал даражага — 5,9 триллион рублга етган.

Isroil: Eron masalasida AQShdan mustaqil harakat qilamiz

Исроил мудофаа вазири мамлакат Эрон билан боғлиқ хавфсизлик масалаларида АҚШдан мустақил қарор қабул қилишда давом этишини билдирди.

Qashqadaryoda o‘zini prokuror deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Қашқадарё вилоятида бир шахс ўзини прокурор сифатида таништириб, фуқародан пул талаб қилган.

AQSh va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Терговга қадар текширув давомида, у муқаддам 1999 й.т. бошқа бир фуқарони ҳам Жанубий Кореяга ишга юборишни ваъда қилиб, пул олганлиги маълум бўлди.

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinidan jasad topildi

Марҳумнинг шахси ҳозирча сир сақланмоқда.

Yakkasaroydagi ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга асосан қутқарув бўлинмалари соат 10:23 да воқеа жойига етиб борган ва ҳозирда ёнғинни ўчириш ишларини амалга оширмоқда.

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik takomillashtirildi

Қонун (ЎРҚ–1151-сон, 11.06.2026 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.