BAAda dunyodagi birinchi raqamli islom banki ochildi

BAAda dunyodagi birinchi raqamli islom banki ochildi

Shariat talablariga javob beradigan ilk raqamli bank – Rezq/Baraka BAAda o‘z ishini boshladi. Mazkur raqamli bank Yaqin Sharq mintaqasida virtual tarzda o‘z xizmatlarini taqdim etmoqchi.

Shuningdek Rezq/Baraka kelajakda O‘zbekiston, Hindiston, Ozarbayjon, Indoneziya, Malayziya, Buyuk  Britaniya, Avstraliya, Braziliya, Mavritaniya va Afrikadagi moliyaviy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, islom moliyasi tamoyillariga muvofiq ishlovchi dunyodagi birinchi raqamli bank Rezq/Baraka Zurich Capital Funds Groupning shu’basi hisoblanadi. 

Ushbu raqamli bank xizmatlari faqat mobil telefonlar va kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. Ilova Apple Store, Google Play (Android do‘konlari) va ko‘plab aloqa saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda mavjud. Rezq/Baraka dunyodagi Islom shariat qonunlariga to‘la mos keladigan birinchi raqamli bank sifatida boshqa islom banklari uchun yangi formatda xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini ochib berishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!