BAA koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga insonarvarlik yordamini yubordi

BAA koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga insonarvarlik yordamini yubordi

Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadlari uchun 7 tonna insonparvarlik yordami ko‘rsatdi. Mamlakatimizning Abu-Dabidagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, gumanitar yuk tarkibiga o‘pkani sun’iy shamollatish vositalari, kislorod konsentratorlari, PSR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan.

Tibbiy yuk O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga mamlakatimizning barcha mintaqalarida tarqatish uchun topshiriladi.

BAA O‘zbekistonga COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan tibbiy mahsulotlarni to‘rtinchi bor taqdim etdi. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatimizga 51 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!