BAA aholisi ertaga Allohdan yomg‘ir yog‘ishini so‘rab duo qilishadi

BAA aholisi ertaga Allohdan  yomg‘ir yog‘ishini so‘rab duo qilishadi

Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti shayx Xalifa bin Zayed al Naxayyan mamlakatning barcha masjidlarida 18 dekabr juma namozi boshlanishidan o‘n daqiqa oldin Allohdan yomg‘ir yog‘ishini so‘rab duo o‘qilsin, deya da’vat qildi deb xabar qilmoqda amirlikning "Gulf Today nashri".

Xabarda ta’kidlanishicha, imomlar duo qanday o‘qilishi yuzasidan maxsus tushuntirish ishlarini olib borishadi, masjidlarda esa shu mavzuga bag‘ishlangan maxsus ma’ruzalar tashkillashtiriladi.

Islam.ru xabariga ko‘ra, ushbu arab mamlakatidagi ob-havo so‘nggi kunlarda beqaror bo‘lib qoldi. Dushanba kuni tushdan keyin harorat bir necha darajaga ko‘tarildi va kechqurun u keskin tushib ketdi.

BAA ob-havo agentligining ma’lum qilishicha, ushbu seshanba kuni qayd etilgan eng past harorat mamlakatning to‘rtinchi eng gavjum shahri al-Ayn shahri chekkasidagi Rakne tumanida 7.4°C ni tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!