Prezident tomonidan «Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, O‘zbekiston davlat chegarasini yorib o‘tish yo‘li bilan belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish yoxud chegaradan o‘tish jinoyat tarkibini tashkil etadi.
Jinoyat prosessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda, tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazuvchi, shuningdek ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish vakolatiga ega sub’ekt DXXning Chegara qo‘shinlari ekanligi to‘g‘risida aniqlik kiritilmoqda (ilgari chegarani qo‘riqlash organlari, chegara qo‘shinlari ko‘rsatilgan).
Shu kabi aniqliklar quyidagi qonunlarga kiritilmoqda:
«Temiryo‘l transporti to‘g‘risida»
«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»;
«To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»;
Bojxona kodeksi.
Bundan tashqari, endilikda boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zi haqida bila turib soxta ma’lumotlar bergan bo‘lsa, qalbaki hujjatlarni taqdim etgan bo‘lsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa yoxud biometrik ma’lumotlarni topshirishni rad etayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.