Ayrim "iPhone"da oktyabr oyidan WhatsApp ishlamaydi

Ayrim "iPhone"da oktyabr oyidan WhatsApp ishlamaydi

2022 yil oktyabrdan boshlab ayrim Apple smartfonlarida WhatsApp messenjeri ishlamaydi. Bu haqda Gizchina portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, WhatsApp iOS 10 va 11 operasion tizimlari o‘rnatilgan iPhone modellariga dasturiy ta’minotni kamida iOS 12ga yangilash to‘g‘risida xabar jo‘natmoqda.

Dasturiy ta’minotni yangilamagan foydalanuvchilar 24 oktyabrdan boshlab messenjerdan foydalana olmaydi.

Shu bilan birga iPhone 5 va iPhone 5C smartfonlari dasturiy ta’minoti iOS 12gacha yangilanmaydi. Bu smartfonlarda oktyabrdan boshlab WhatsApp ishlamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!