Ayolning fotosuratlariga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, tarqatish bilan qo‘rqitgan yigitcha qo‘lga olindi

Ayolning fotosuratlariga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, tarqatish bilan qo‘rqitgan yigitcha qo‘lga olindi

Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 20 yoshli (ayol) G‘.SH. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjerida “Tishina” akkaunt egasi, G‘.SH.ning turli foto-suratlari va behayo tasvirlarini internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitayotganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati, Quva tumanida yashovchi 21 yoshli M.Z. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.Z., G‘.SH.ning profilidagi fotosuratlarini yuklab olib, ularga maxsus dastur yordamida qayta ishlov berib, yalang‘och holdagi behayo fotosuratlari borligini va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, sharmanda qilish bilan uni qo‘rqitib kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 141.1-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Z.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141.1-moddasi, 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!