Ayollarning yalang‘och holdagi rasmlari orqali "shantaj" qilib yurgan yigit qo‘lga olindi

A A A
Ayollarning yalang‘och holdagi rasmlari orqali "shantaj" qilib yurgan yigit qo‘lga olindi

2019 yilning 11 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tuman sudi binosida ko‘rilgan sud ishi bilan tanishar ekansiz, ko‘nglingizdan shunday o‘ylar kechishi tabiiy. Ayblanuvchi hali hayotda yashashdan maqsadini tushunib yetmagan o‘smir emas, aksincha, ayni kuch-quvvatga to‘lgan, tog‘ni ursa talqon qiladigan Xayribek Shokirov (maqolada barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan) haqida shunday ma’lumotlar keltirilgan:

...1982 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti o‘rta, vaqtincha ishsiz. Oilali, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bor. Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiladi. Muqaddam bir necha bor sudlangan...

Darvoqe, uning ilk jinoyati 19 yoshida jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan qayd etilgan. Tuman sudining 2001 yil 12 yanvardagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismining a , v bandlari, 277-moddasi 2-qismining a bandi bilan, ya’ni, talonchilik va bezorilik sodir etganligi uchun 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Qonunlarimiz adolatli, ularda har bir fuqaro manfaati himoya qilinishi bilan birga, ishonch va rahmdillik prinsiplariga amal qilinadi: o‘sha yilning 6 iyulidagi ajrimi bilan sud qarori o‘zgartirilib, shartli hukm qilingan va 2 yil sinov muddati belgilangan. Ushbu sinov muddati ham amnistiya aktiga ko‘ra bekor qilinib, Xayribek jazodan ozod qilingan. Bu xalqimizning yosh yigitga berayotgan katta imkoniyati va to‘g‘ri yo‘lga kirishi uchun ishonchi edi. Afsuski, X. Shokirov bu ishonchni oqlay olmadi. Oradan yarim yil ham o‘tmasdan jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar, Yashnobod tuman sudi yana talonchilik (juda ko‘p miqdorda) jinoyatini sodir etganligi uchun unga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Oradan 6 yil o‘tib, ya’ni 2011 yilning 26 noyabrida jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Zarafshon shahar sudi ajrimi bilan JKning 73-moddasiga asosan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmay qolgan 4 oy 5 kunidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinadi.

Xayribek ota-onasi havas qilib qo‘ygan ismiga amal qilib, berilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, xayrli ishlarga qo‘l urganida firibgarlik va tovlamachilik kabi jinoyatlarni takror sodir qilib, 2018 yilning 30 aprelida yana jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining qora kursisida o‘tirmagan va eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima va 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini olmagan bo‘lar edi.

Hukm bilan tanishar ekansiz, jinoyatchi hali belgilangan jazo muddati tugamay yana jinoyatga qo‘l urganiga guvoh bo‘lib, hayratdan yoqa ushlaysiz.

Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi , Tili kuygan qatiqni ham puflab ichadi kabi maqollarning Xayribekka umuman daxli yuqdek. Aks holda jarima va ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganidan yarim yil o‘tar-o‘tmas, yana jinoyatga qo‘l urmagan bo‘lar edi. Jinoyat bo‘lganda ham... U har gal jinoyat turini o‘zgartirib borardi: bezorilik qilib ko‘rdi, o‘g‘rilik qilib ko‘rdi, talonchilik qildi va hokazo... Endi masofadan turib sevishish orqali moddiy boylik orttirishni rejalashtirdi.

U 2018 yilning sentyabr oyi boshlarida Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i orqali Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi oliy ma’lumotli o‘qituvchi Gavhar Azimova bilan tanishadi. Suhbat asnosida uni kompyuter ustasi ekaniga, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganiga, yaxshi qiz uchrasa uylanmoqchiligi va uning rasmlarini ko‘rib yoqtirib qolganiga ishontiradi.

Yoshi 30 dan oshgan bo‘lsa ham hali turmushga chiqmagan qizning soddaligidan foydalanib, uning tuyg‘ularni junbushga keltiradigan sevgi izhorlari yo‘llash va uyiga sovchi yuborish maqsadi qat’iyligiga ishontirishni uddalaydi. Har holda birovning uyiga borib o‘g‘irlik qilishdan ko‘ra qiz bolaning qalbini o‘g‘irlash ming chandon oson tuyulgan bo‘lsa ajabmas. Tez kunda sovchilar jo‘natishini, to‘y taraddudini aytib, qizni shirin orzular og‘ushida mast qilishga erishganidan so‘ng, uning telefon raqamlarini olishga muvaffaq bo‘ladi. O‘zining profiliga qo‘ygan xushsurat yigit ning rasmini ko‘rib, xushmuomala va mehribon ligini bilib, qizning g‘oyibona sevib qolganidan foydalangan Xayribek Gavharning telefon raqamiga rasmiylashtirilgan telegramm tarmog‘i orqali shaxsiy rasmlarini jo‘natishini so‘raydi. Albatta, o‘zi ko‘rmagan, bilmagan odamning bu iltimosini har qanday qiz rad etishi tabiiy. Ammo Xayribek o‘z moddiy manfaati yo‘lida Bu suratlarni ko‘ramanu o‘chirib tashlayman , deb qasam ichadi. Qasamni muqaddas bilgan Gavhar unga ishonadi va iltimosini bajaradi. Ammo oshiq yigit bu bilan kifoyalanmaydi. Ertasi kuni tong chog‘idan boshlab, ketma-ket SMSlar yozib, diydorga oshiqayotganini aytib, sog‘inchlarga to‘la sevgi izhorlari bilan qizni esankiratib qo‘yadi. Kechga borib esa qizdan yechingan holatda suratga tushib yuborishini so‘raydi. Qiz rozi bo‘lmagach, rasmlarni bir marta ko‘rib o‘chirib tashlashga va’da beradi.

Tinimsiz iltimoslardan so‘ng Gavhar ichki kiyimda suratga tushib yuboradi.

G‘oyibona oshiq ichki kiyimlarini ham yechib rasmga tushib yuborishini, bir ko‘rib, darhol o‘chirib tashlashini, ishonmasa onasining rasmini jo‘natayotganini, shu onasi haqqi qasam ichishini aytadi. Bu uning onasi emas, begona ayolning rasmi ekanligi xayoliga ham kelmagan qiz uning talabini bajaradi...

Niyatiga yetgan oshiq rejasining keyingi qismiga o‘tadi: o‘sha kuni kechki soat 22 larda yalang‘och tushgan suratlarning nusxasini Gavharning o‘ziga yuboradi va ushbu rasmlarni Odnoklassniki dagi uning o‘g‘il bola do‘stlariga 100 AQSh dollariga sotmoqchiligini, buning ustiga uning nomiga bir nechta profillar ochib, shu rasmlarni joylashtirishini, bundan tashqari, Gavharning tanish-bilishlariga ham jo‘natishini aytganida shu yoshigacha ilk bor erkak zotiga ishonib, g‘oyibona sevib qolgan qizning qanday ahvolga tushganligi faqat qizning o‘zigagina ma’lum...

Bu sharmandalikdan qutulish uchun qizning yalinib-yolvorishlari go‘yoki Xayribekning ko‘nglini yumshatib yuboradi va 100 AQSh dollari bersa, rasmlarni o‘chirib tashlashga rozi bo‘ladi. Qiz oilaviy ahvoli yaxshi emasligini, buncha puli yo‘qligini qancha tushuntirsa ham yigit so‘zi dan qaytmaydi. Ilojsiz qiz qarz-qavola qilib bo‘lsada, oshiq ning aytganini topib berishga majbur bo‘ladi. Toshkentni yaxshi bilmagani sabab Chirchiqqa kelib pulni olib ketishini iltimos qiladi. Xayribek qiz yashaydigan shaharga borish xavfli ekanidan qo‘rqsada, bu taklifiga rozi bo‘lishdan boshqa iloji qolmagach, ish bilan borganda olib ketishini aytadi. Bu orada ovozli xabarlar jo‘natib, rasmlarni tarqatib yuborishini aytib tahdid qilib turadi. Uning ovozli tahdidlari har doim besh daqiqa o‘tar-o‘tmas o‘chib ketayotganini bilgan Gavhar bir kun asqotishi mumkinligini tushunib, ayrimlarini telefon apparatiga yozib olishga ulguradi...

Masofadan sevish orqali daromadga ega bo‘lish mumkinligiga ishonch hosil qilgan ustamon Odnoklassniki orqali yana ovga chiqadi. Albatta u hayot zarbalariga uchragan, turmushidan ajrashgan yoki baxtini izlayotgan, mehrga tashna, risoladagidek inson uchrasa turmush qurish niyatidagi xotin-qizlarni izlaydi. Bir nafar farzandi bilan turmushidan ajrashgan, o‘rta maxsus ma’lumotli, Olmaliq shahrida yashovchi 34 yashar Xurram Sobirova uning navbatdagi o‘ljasiga aylanadi.

Bu gal ham hammasi Gavhar bilan bo‘lgan munosabatlar shaklida davom etadi. Oshiq yigit o‘zini Xitoy davlatida savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor sifatida tanishtiradi. Shu tariqa ijtimoiy tarmoq orqali ishqiy munosabatlar boshlanadi. Yana sevgi izhorlari, tinimsiz SMSlar... Oradan ikki hafta o‘tar-o‘tmas Xitoy davlatiga ketgan oshiq bir oydan so‘ng kelib, uyiga sovchi jo‘natishi haqidagi va’dalar va yana ona nomi bilan ichilgan qasamlar tufayli Xurramni ishontirib, uning ham yalang‘och holatdagi suratlariga ega bo‘lgach, maqsadga ko‘chadi: Bir tanish yigitingdan bu ishni qilishim uchun 100 AQSh dollari olganman. Rasmlarni olgach, yana 200 AQSh dollari beradi. Mayli, sen 100 AQSh dollari bersang, pulini o‘ziga qaytarib beraman va rasmlaringni o‘chirib tashlayman. Ammo mening xizmat haqqim 200 ming so‘m .

Albatta, ayol kishi uchun o‘z sha’ni va or-nomusidan qadrli narsaning o‘zi yo‘q. Xurram talab qilingan pul va AQSh dollarini aytilgan manzilga, ya’ni Toshkent shahrining Olmazor metro bekati oldiga olib keladi va uni uzoqdan kuzatib turgan X.Shokirovning telefonda yozgan SMS topshirig‘iga asosan yelim paketga o‘rab, daraxt tagiga tashlab ketgach, afsus-nadomatdan yuragi o‘rtansa ham sharmandalikdan qutulganiga shukur qiladi.

Ikki haftada shuncha daromadga ega bo‘lgan oshiq jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran tovlamachilik qilish maqsadida ijtimoiy tarmoq orqali 1993 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan Nodira Shodmonova bilan tanishib, uni sevib qolganiga ishontiradi...

Bu gal u Nodirani 300 AQSh dollariga kiydiradi . Ammo oradan 10 kun o‘tib beva ayolning rizqiga yana chang solish yo‘llarini o‘ylab topadi.

Nodiraga Qozog‘iston Respublikasida uning bergan 300 AQSh dollarini almashtirayotgan vaqtda soxta bo‘lib chiqqanligi uchun kaltaklab, qo‘lini sindirishganini aytib, isboti sifatida gipslangan qo‘l suratini jo‘natadi va 300 AQSh dollariga teng miqdordagi milliy pul berishini talab qiladi.

Nodira bularning barchasi hiyla ekanligini bilsa ham ota-onasiga yalang‘och holatda tushgan suratlarini jo‘natishini aytgach, talab qilingan 2 500 000 so‘mni eski joyga tashlab kelishga rozi bo‘ladi. Ammo ota-onasidan 1 200 000 so‘m pulni olib aytilgan joyga emas, balki xolasi aytganiday O‘zbekiston Respublikasi IIVga keladi...

Uddaburon oshiq Nodira bilan bir vaqtda yana bir qancha xotin-qizlarni ham qarmog‘iga ilintirgan ediki, bu endi boshqa mavzu.

X. Shokirovga qilmishiga yarasha jazo tayinlandi. Albatta, jinoyatchi jazosini olishi muqarrar. Ammo kishini boshqa narsa mulohazaga chorlaydi: Erkak qayerda va qanday sharoitda bo‘lishidan qati nazar, nozik xilqat egalariga suyanchiq va qalqon bo‘lishi kerak emasmi?!

Tanganing ikki tomoni bo‘lgani kabi bu masalaning ham ikkinchi tomoni bor.

Turli viloyatlarda istiqomat qiluvchi, kamida o‘rta-maxsus va hatto oliy ma’lumotli o‘zbek qizlarining osongina aldanishiga, bunday ayanchli va hatto sharmandali ahvolga tushib qolishlariga sabab nima? Tanishganiga bir hafta, ikki hafta va hatto ikki kungina bo‘lgan begona erkakka bu darajada behayo holatdagi suratini jo‘natgan qizlarning qilmishini qanday baholash mumkin? Buning ustiga firib qurboniga aylanganlar 15-16 yoshli o‘smir qizlar emas, 25-30 yoshdan oshgan, oqu qorani tanigan, turmush zarbalari zahrini totganlar ekanligi kishini ajablantiradi.

Opa-singillarimizga aytar so‘zimiz: ehtiyot bo‘ling, ijtimoiy tarmoqlardagi qalb o‘g‘rilarining tuzog‘iga tushib qolmang!

Ilgizar SOBIROV,

jinoyat ishlari bo‘yicha

Chilonzor tuman sudi raisi,

Saodat MATYOQUB qizi,

Adolat muxbiri

( Adolat gazetasi,

2019 yil 10 may)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Eron Hormuz orqali yangi yo‘nalish ishlab chiqdi

Бу ҳақда Қатарнинг Al Jazeera телеканали хабар берди.

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.