"Ayol hamshira qani": Toshkentda erkak xotiniga qarayotgan tibbiyot xodimini kaltakladi

"Ayol hamshira qani": Toshkentda erkak xotiniga qarayotgan tibbiyot xodimini kaltakladi

Aniqlanishicha, kecha 23 yanvar kuni 16:30larda Toshkent tumani TTYB xodimlari (shifokor va feldsher) xizmat vaqtida kelib tushgan chaqiruvga asosan, tuman «Qorabo‘riq» MFYga yetib borganlar.

Xonadonda yiqilib tushib, jarohat olgan bemor (ayol)ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatayotgan vaqtlarida, ayolning o‘g‘li (1999 y.t. O‘.A.) kirib kelib, nega ayol hamshira kelmadi deb, janjal qilgan.

Shunga qaramay tibbiyot xodimlari xizmat vazifasini bajarganlar va zaruratga ko‘ra bemorni shifoxonaga olib borganlar.

Shu vaqtda bemorning o‘g‘li kelib, tushuntirishlarga qaramay janjalni davom ettirgan va feldsher 1993 y.t. U.U. ni qo‘llari bilan urib tan jarohati yetkazgan (tibbiy ekspertiza tayinlangan).

24 yoshli fuqaro O‘.A. IIB xodimlari tomonidan prosessual tartibda ushlangan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent tumani IIB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!