Axlat qutisidan “Garri Potter”ning birinchi nodir kitobi topildi
Xatolar bu kitobning birinchi nashrning 500 nusxasidan biri ekanligini aniqlashga yordam berdi, deb yozadi BBC.
“Garri Potter va falsafa toshi”ning tashlab yuborilgan birinchi nashri 40 000 funt sterlingga sotilmoqda.
Devon shtatidagi Peynton shahridagi NLB auksion uyi egasi Deniyel Pirs kitobni favot etgan odamning buyumlari orasidan topdi.
“Bu bizning eng katta boyligimiz. Oila xursand edi, buni umuman kutmagan edilar... Bu ularga katta pul olib keladi. Kitob javonda 20 yildan beri turibdi”, – dedi u.
U kitobni axlat qutisidagi narsalar orasidan topgan.
Pirsning aytishicha, birinchi nashrning 200 nusxasi kitob do‘konlariga, 300 nusxasi kutubxonalarga yuborilgan.
“Bu 300 tadan biri”, – dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kitob juda yaxshi holatda.
Birinchi sahifada qalam bilan chizilgan 2 funt sterling degan bahosi bor, bu kutubxona sotadigan narx.
Birinchi nashrning o‘ziga xosligi shundaki, uning orqa muqovasidagi “falsafiy” so‘zida “o” harfi saqlanib qolgan.
U, shuningdek, shunga o‘xshash holatda yana bir nusxasi noyabr oyida 42,000 funt sterlingga sotilganini aytdi.