O‘zbekiston energiya narxining hamyonbopligi va infratuzilma holatini baholanuvchi reytingga kiritilmadi
Jahon Iqtisodiy Forumi har yili energetik o‘tish indeksini e’lon qiladi. Ushbu indeks energiya tizimining samaradorligini va uning barqaror modelga o‘tishga tayyorligini baholaydi.
Tojikiston indeksda Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinnda. Mamlakat 53,6 ball bilan 120 ishtirokchi orasida 71-o‘rinni egalladi.
Bu ko‘rsatkich Tojikistonga qo‘shni Qozog‘iston (98-o‘rin, 50,1 ball) va Qirg‘izistondan (80-o‘rin, 52,7 ball) o‘zib ketish imkonini berdi. O‘zbekiston va Turkmaniston reytingga kiritilmadi.
Energetik o‘tish indeksi butun dunyo mamlakatlari energiya tizimlarini ikki asosiy mezonga asoslangan kompleks baholashdir: energiya tizimining samaradorligi (60% vazn) va barqaror modelga o‘tishga tayyorligi (40% vazn). Umumiy ballga ta’sir etuvchi omillarga energiya narxi hamyonbopligi, barqarorlik, innovasiyalar darajasi, infratuzilma holati, shuningdek sohadagi siyosatni qo‘llab-quvvatlash va investisiya faolligi kiradi.
Jahon reytingida an’anaviy tarzda Shimoliy Yevropa mamlakatlari yetakchilik qilmoqda: Shvesiya 78,4 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Daniya (75,2 ball) ikkinchi va Finlyandiya (74,5 ball) uchinchi o‘rinni egalladi. Jahon o‘rtacha ko‘rsatkichi 56,5 ballni tashkil etdi, bu Tojikiston natijalaridan bir oz yuqoriroq.
2024 yilda MDH va Kaspiybo‘yi davlatlari orasida yetakchi Ozarbayjon bo‘ldi, u 60,3 ball bilan 38-o‘rinni egalladi.