Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodida muammolar bor
Volgograd viloyatidagi "Lukoyl" neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘lgandan so‘ng, dizel yoqilg‘isini gidrotozalash qurilmalaridan birining ishi to‘xtatildi. Bu haqda Reuters agentligi neft sohasidagi ikki manbaga tayanib xabar bermoqda.
Agentlikning suhbatdoshlaridan biri aniqlik kiritishicha, yong‘in kunlik ish unumdorligi 9500 metrik tonna bo‘lgan 18-sonli qurilmada yuz bergan. Boshqa manbaning aytishicha, yong‘in o‘chirilgan, biroq qurilmani ta’mirlash uchun qancha vaqt ketishi hozircha noma’lum. Volgograd viloyatidagi "Lukoyl" neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘lgandan so‘ng, dizel yoqilg‘isini gidrotozalash qurilmalaridan ikkitasidan birining ishi to‘xtatildi. Bu haqda Reuters agentligi neft sohasidagi ikki manbaga tayanib xabar bermoqda.
Agentlikning suhbatdoshlaridan biri aniqlik kiritishicha, yong‘in kunlik ish unumdorligi 9500 metrik tonna bo‘lgan 18-sonli qurilmada yuz bergan. Boshqa manbaning aytishicha, yong‘in o‘chirilgan, biroq qurilmani ta’mirlash uchun qancha vaqt ketishi hozircha noma’lum.
"Lukoyl" kompaniyasi izoh so‘roviga javob bermadi.
V1 mahalliy axborot portali guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, shaharning Qizil Armiya tumanidagi korxonada kuchli yong‘in ertalab soat to‘rtlar atrofida boshlanganini xabar qildi. Tezkor xizmatlar ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in tashqi ta’sir natijasida emas, balki ichki sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lib, zavodning 18-raqamli qurilmasi va ikkita issiqlik almashtirgichi yonib ketgani tasdiqlandi.
Volgograd neftni qayta ishlash zavodi 1957 yilda ishga tushirilgan va 1991 yilda "Lukoyl" tarkibiga qo‘shilgan. Bu korxona Janubiy federal okrugdagi eng yirik neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi va uning quvvati yiliga 15,7 million tonnani tashkil etadi.