Turizm qo‘mitasi olib kelgan granti 10 million dollardan past bo‘lgani tanqid qilindi
Shu bilan birga, yetarli sharoit bo‘la turib, investisiya rejasi to‘qimachilikda 17 million dollarga kam bajarilgani, investisiya “O‘ztransgaz” va "O‘zmetkombinat"da 2 barobar, “O‘zsuvta’minot”da 20 foizga pasaygani ko‘rsatib o‘tildi.
Ushbu tashkilotlar rahbarlari shu yil birinchi chorakda o‘zgarish qilmasa, ularning faoliyatiga baho berilishi haqida qattiq ogohlantirildi.
Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Davlat aktivlari, Farmasevtika va O‘rmon xo‘jaligi agentliklarida grant olib kelish rejasi 25 foizga ham bajarilmagani, Qurilish, Transport, Madaniyat vazirliklari, Turizm qo‘mitasi olib kelgan granti esa 10 million dollardan past bo‘lgani tanqid qilindi.
Umuman, Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Transport, Sport, Oliy ta’lim, Madaniyat, Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi, Raqamli texnologiyalar, Qurilish vazirliklarining investisiya va grant olib kelishi bor imkoniyatlarga mutlaqo mos emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Salohiyati yuqori bo‘lgan Fransiya, Yaponiya, Italiya, Vengriya, Malayziya, Ispaniyadan o‘tgan yili 100 million dollar ham investisiya kelmagani qayd etildi.