Prada Versace'ni sotib olishi mumkin: moda bozori yuqori darajadagi kelishuv yoqasida
Italiyaning Il Sole 24 Ore nashri afsonaviy Versace modalar uyi sotilishi mumkinligi haqida xabar berdi. Aytilishicha, Prada Group yuqori moda olamidagi eng yirik bitimlardan biri bo‘lishi mumkin bo‘lgan potensial xaridor hisoblanadi.
Brend egasi Capri Holdings nafaqat Versace, balki Jimmy Choo poyabzal brendini ham sotishga tayyor. Manbalarga ko‘ra, kompaniya potensial xaridorlarga Barclays banki ishtirokida takliflar yuborgan.
Biroq, Prada yagona da’vogar emas. Xaridga qiziqish bildirgani uchun Exor xoldingi (Agnelli-Elkann oilasi) va Gucci va Balenciaga'ga kabi brendlarga egalik qiluvchi Kering guruhi ham tilga olingan.
Nega ular sotmoqda?
Capri Holdings 2018-yilda Versace’ni 2 milliard dollarga, Jimmy Choo'ni bir yil avval esa 1,2 milliard dollarga sotib olgan bo‘lsa-da, global talabning, ayniqsa Xitoyda kamayishi kompaniyaning rivojlanishini sekinlashtirdi. 2023-yilda Versace aylanmasi 1,1 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilning ikkinchi choragida sotuvlar 28,2 foizga kamaydi.
Versace bilan nima bo‘ladi?
Agar kelishuv amalga oshsa, Yevropa moda bozoridagi kuchlar muvozanatini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Versace-ni Prada Group yoki Kering ekotizimiga integrasiya qilish ushbu o‘yinchilarning ta’sirini kuchaytirishi va yangi iste’molchilarni jalb qilishi mumkin.