Avstriyada karkidon hayvonot bog‘i xodimini o‘ldirdi

Avstriyada karkidon hayvonot bog‘i xodimini o‘ldirdi

Zalsburgdagi Xelbrunn hayvonot bog‘i xodimi karkidon hujumi oqibatida halok bo‘ldi, yana bir kishi og‘ir yaralandi. Bu haqda seshanba kuni Zalsburg polisiyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform CNNga tayanib.

Polisiya bayonotida aytilishicha, karkidon ertalab hayvonlar qo‘rasiga kirgan 33 yoshli hayvonot bog‘i xodimiga hujum qilgan. Tajribali hayvonot bog‘i xodimi, ayol voqea joyida vafot etdi, deya qo‘shimcha qildi polisiya.

Yana bir qo‘riqchi, 34 yoshli erkak ham hayvonni qo‘rqitmoqchi bo‘lganida karkidon hujumiga uchradi. Erkak og‘ir jarohatlar bilan Zalsburg kasalxonasiga yetkazilgan va u yerda shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

«Biz hayratdamiz va bu qanday sodir bo‘lganini hali bilmaymiz», – dedi seshanba kuni hayvonot bog‘i matbuot kotibi Ulrike Ulmann.

«Erta tongda karkidonlarga odatda hasharotlarga qarshi vosita so‘rtiladi. Bu har doim qo‘riqlanadigan hududda sodir bo‘ladi«, – deya qo‘shimcha qildi Ulmann.

Hayvonot bog‘ida 150 turdagi 1500 ga yaqin jonivorlar, jumladan, oq karkidon bor. Hozirgi vaqtda hayvonot bog‘i hududida ikkita urg‘ochi karkidon - Yeti va Tamika va ikkita erkak - Tamu va Atos yashaydi.

Oq karkidonlar quruqlikdagi yirik sutemizuvchilar orasida ikkinchi o‘rinda turadi va Butunjahon tabiat jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, vazni 3080 dan 7920 funtgacha bo‘lishi mumkin. Oq karkidonlar yo‘qolib ketish xavfi ostida, ularning 16 000 dan kamrog‘i qolgan.

Hodisa tufayli seshanba va chorshanba kunlari hayvonot bog‘i yopiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!