Avstriyada inflyasiya so‘nggi 47 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi

Avstriyada inflyasiya so‘nggi 47 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi

Avstriya federal statistika idorasi ma’lumotiga ko‘ra, Avstriyada yillik inflyasiya 1975 yildan buyon eng yuqori daraja - 9,3 foizni tashkil etdi.

“2022 yil iyul oyida inflyasiya darajasi 9,3 foizga ko‘tarildi. Bu 1975 yil fevralidan beri eng yuqori ko‘rsatkich”, - dedi muassasa bosh direktori Tobias Tomas.

Uning ta’kidlashicha, birinchi navbatda yonilg‘i, maishiy energiya, oziq-ovqat mahsulotlari va umumiy ovqatlanish sohasida narx oshgan.

“Narx sakrashi, ayniqsa, haftalik xaridda seziladi. Oziq-ovqat va xizmatdan tashqari yonilg‘ini ham o‘z ichiga olgan mini-savat narxi iyul oyida 19,1 foiz, ya’ni ikki barobar o‘sdi”, dedi Tobias.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!