Avstraliyadagi daryo millionlab o‘lik va chirigan baliqlarga to‘ldi

Avstraliyadagi daryo millionlab o‘lik va chirigan baliqlarga to‘ldi

Avstraliyaning Darling daryosi millionlab o‘lik va chirigan baliqlarga to‘ldi. Bu haqda Wion nashri xabar bermoqda.

NSW boshlang‘ich sanoat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, suv oqimining yetarli emasligi, suv sifatining pastligi va haroratning keskin o‘zgarishi oqibatida millionga yaqin baliq nobud bo‘lgan.

So‘nggi yillarda 500 nafar aholiga ega Menindi shahri sel va qurg‘oqchilikdan aziyat chekdi.
Shtat rasmiylariga ko‘ra, daryoda avvalgi toshqinlardan keyin suyakli seld va sazan kabi baliqlar soni ko‘paygan, ammo hozirda toshqin suvlari kamaygani sababli ularga qirg‘in kelgan.

“Baliqlarning nobud bo‘lishi suvdagi kislorod darajasining pastligi (gipoksiya) bilan bog‘liq, chunki suv toshqinlari kamaygan. Mintaqadagi hozirgi issiq ob-havo ham gipoksiyani kuchaytirmoqda, chunki iliqroq suv sovuq suvga qaraganda kamroq kislorodni o‘z ichiga oladi va baliq yuqori haroratlarda kislorodga yuqori talabga ega”, - deyiladi shtat hukumati bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!