Avstraliya janubida 65 mingta momaqaldiroq osmonni yoritib yubordi

Avstraliya janubida 65 mingta momaqaldiroq osmonni yoritib yubordi

Janubiy Avstraliyada kuchli bo‘ron tufayli 10 mingdan ortiq uy elektr ta’minotisiz qoldi. Meteorologiya byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 24 soat ichida 65 mingta momaqaldiroq qayd etilgan, deya xabar berdi ABC News.

Adelaida janubidagi Noarlungda 4 mm dan 25 mm gacha yomg‘ir yog‘gan. Yarim soat ichida aeroport hududiga 20 mm gacha yomg‘ir tushgan.

Yomg‘ir seshanba kuni kechqurun va chorshanba kuni ertalab yog‘gan. Davlat favqulodda xizmatiga ertalab soat 03:30 dan 04:30 gacha har uch daqiqada qo‘ng‘iroq kelib tushgan, deya xabar beradi «Xinhua».

Sinoptiklarning xabar berishicha, juma kuni ertalabgacha yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi.

Davlat favqulodda xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha jiddiy vayronagarchiliklar haqida xabarlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!