Avgust oyida muammoli kreditlar 548 mlrd. so‘mga ko‘paygan - Markaziy bank

Avgust oyida muammoli kreditlar 548 mlrd. so‘mga ko‘paygan - Markaziy bank

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bank tizimining kredit portfeli hajmi avgust oyi davomida 9,1 trln. so‘mga ko‘paygan. O‘sish asosan 4 ta yirik davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelgan — O‘zmilliybank (+1,75 trln. so‘m), O‘zSQB (+1,66 trln. so‘m), Ipoteka-bank (+1,14 trln. so‘m) va Agrobank (+916 mlrd. so‘m). Shuningdek, Kapitalbank (+681 mlrd. so‘m), Hamkorbank (+397 mlrd. so‘m), Ipak Yo‘li banki (+204 mlrd. so‘m) va Infinbank (+183 mlrd. so‘m)larda ham portfel sezilarli o‘sgan.

Muammoli kreditlar hajmi avgust oyi davomida 548 mlrd. so‘mga ortgan va jami portfelning 4,92 foizini tashkil qilmoqda (oylik o‘sish + 0,03 foiz). Bunga yirik davlat banklarining barchasida (Mikrokreditbankdan tashqari) muammoli kreditlar hajmi jami 494 mlrd. so‘mga o‘sgani asosiy omil bo‘lgan.

Avgust oyida Asia Alliance Bank (-45 mlrd. so‘m), Oriyent Finans bank (-38 mlrd. so‘m), Hamkorbank (-37 mlrd. so‘m), Mikrokreditbank (-13 mlrd. so‘m) lar muammoli kreditlarning sezilarli kamaytirishga erishganlar.

Uchta bankda muammoli kreditlarning jami kredit portfelidagi ulushi 90 foizdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Bular O‘zagroeksportbank (94,91%), Turkistonbank (94,77%) va Hi-Tech Bank (93,45%).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!