Astag‘furulloh! Tarmoqdagi abonentlar talabiga binoan maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi

Astag‘furulloh! Tarmoqdagi abonentlar talabiga binoan maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi

16 yoshli malayziyalik qiz Instagramda hayot yoki o‘limni tanlashda yordam so‘ragan postini e’lon qilganidan keyin o‘z joniga qasd qildi, deya xabar berdi The Guardian.

Ma’lum bo‘lishicha, qizning tanasi do‘kon yonidan xaridor tomonidan topilgan. Aynan u voqea joyiga milisiya xodimlarini chaqirgan.

Malayziya Sport va Yoshlar siyosati vaziri ma’lumotiga ko‘ra, o‘smirlarning hissiy holatini diqqat bilan kuzatib borish kerak. Faqat shu tarzda fojiaga yo‘l qo‘ymaslik mumkin.

Parlament a’zolaridan biri ovoz berganlarning hammasi uning o‘limida aybdor ekanligini aytmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!