Asossiz gumonni asosli qiyos sinovidan o‘tkazamiz. O‘zbekistondagi o‘sishni shubha ostiga olgan O‘ljas Tuleuovga javob

A A A
Asossiz gumonni asosli qiyos sinovidan o‘tkazamiz. O‘zbekistondagi o‘sishni shubha ostiga olgan O‘ljas Tuleuovga javob

Ushbu material u yoki bu tomonning manfaatlarini ko‘zlab tayyorlanmagan, unda shunchaki shaxsiy fikr bildiriladi.

Qozog‘iston Milliy banki raisining maslahatchisi Tuleuov O‘ljas yaqinda bergan intervyusida Qozog‘istonning YEOII tarkibiga qo‘shilishdan oladigan manfaati haqida gapirar ekan, u so‘nggi yillarda axborot makonida Markaziy Osiyodagi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yetakchilik uchun raqobat mavzusida ham so‘z yuritdi. Jumladan, quyidagilar aytilgan:

«Men Qozog‘istonning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integrasiyasida (Evropa Ittifoqi va, xususan, Rossiya bilan integrasiya masalasida – tahririyat) katta salohiyat ko‘rmoqdaman. Chunki O‘zbekistonda iqtisodiyot, umuman, siyosat liberallashuvi mavjud bo‘lsa-da, har yilning oxirida chiqadigan, O‘zbekiston birinchi raqamli davlatga aylangani, u yerda hammasi zo‘rligi haqidagi maqolalar, mening fikrimcha, katta afsonadir. Men hamkasblarim, o‘zbekistonlik do‘stlarim bilan tez-tez muloqot qilaman, ular aslida bunday emasligini ta’kidlaydi. Albatta, taraqqiyot bor, lekin ko‘rsatilayotganichalik emas. O‘ylaymanki, yaqin 10–15 yil ichida O‘zbekiston Qozog‘iston shu davrda erishgan natijalariga erisha olmaydi. Ammo, shunga qaramay, O‘zbekiston endi YEOIIga kuzatuvchi sifatida qo‘shilishi mumkin. Menimcha, Qozog‘iston bu yo‘nalishda integrasiyani kuchaytirishi kerak».

Savol tug‘iladi: O‘zbekiston Qozog‘iston Respublikasi erishgan natijalarga erisha olmasligiga buncha ishonch qayerdan keldi? Shu bilan birga, birinchisidan kelib chiqadigan ikkinchi savol: aynan qaysi natijalar va qaysi yo‘nalishdagilari? Gapirildimi, dangal aytilishi kerak. Bunday gaplarni OAV xodimlari yoki mutaxassislar guruhi gapirganda ham tushunsa bo‘lar edi, lekin anchayin yuqori mansabdor shaxs bu haqda umumlashtirilgan tarzda va aniq faktlarsiz gapirsa, bu bir oz noto‘g‘ri eshitiladi va shu bilan birga ko‘plab savollar tug‘diradi.

Asosli taqqos

Iqtisodiy rivojlanish dinamikasi va ayrim tarmoqlarning yuzaki taqqosi ham buning aksini ko‘rsatmoqda. Shunday qilib, so‘nggi yilda O‘zbekistonda YAIM o‘sish sur’atlari Qozog‘istonga nisbatan yuqori bo‘lib kelmoqda. MDH Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistom YAIMi 2010 yilga nisbatan 76 foizga, Qozog‘iston YAIMi esa 44 foizga o‘sdi. 2000 yildan beri O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi 2,7 barobar, Qozog‘istonda 2,5 baravar oshdi. Shu davrda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilish hajmi 2,7 barobar, Qozog‘istonda 1,9 baravar oshdi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi haqida gap ketganda, bir ajoyib faktni keltirib o‘tish kerak: SSSR davridagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1988 yilda Qozog‘iston SSRda qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmi O‘zbekiston SSRdan yuqori bo‘lgan. 1988 yilda Qozog‘iston SSRda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 1983 yil bilan solishtirma narxlarda 15,8 milliard rubl, O‘zSSRda esa 10,9 milliard rublni tashkil etgan. 2019 yilda Qozog‘istonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 5 216,5 milliard tenge (13,5 milliard dollar), O‘zbekistonda esa 224 265,9 milliard so‘m (25,4 milliard dollar) bo‘lgan.

Ikki mamlakatdagi sarmoyaviy faoliyat eng muhim va juda aniq ko‘rsatkichlardan biridir. Asosiy kapitalga sarmoyalar 2000 yildan buyon O‘zbekistonda 10,4 barobar, Qozog‘istonda 7,6 baravar oshdi.

Grafikdan ko‘rinib turibdiki, uzoq vaqt davomida Qozog‘iston iqtisodiyotiga sarmoya ilg‘or sur’atda kirib kelgan. Biroq so‘nggi yillarda vaziyat o‘zgarishni boshladi. Oxirgi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish, nafaqat iqtisodiyotda, balki davlat va jamiyatning boshqa sohalarida olib borilayotgan islohotlar investisiyalarning keskin ko‘payishiga olib keldi.

Shu bilan bir qatorda, ikki mamlakat iqtisodiyoti xilma-xil tuzilganini ham hisobga olish zarur. Iqtisodiy rivojlanishning amaldagi modelidagi sezilarli farqlar ikki mamlakat hukumatlarining ham dolzarb, ham uzoq muddatli vazifalarni hal qilishdagi turlicha yondashuvini belgilab beradi. Shuning uchun qo‘shni davlat rivojlanishining asossiz prognozini berish unchalik ham to‘g‘ri emas.

Masalan, O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi xilma-xil, Qozog‘istonda bir tomonga – tog‘-kon sanoatiga yo‘nalgan. Shunday qilib, Qozog‘istonda qazib olish sanoatining ulushi sanoat mahsuloti umumiy hajmining 55,4 foizini, qayta ishlash sanoatining ulushi 38,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda asosiy qism ishlab chiqarish sanoatida – 79 foiz, tog‘-kon sanoatida – 13, 5 foizga to‘g‘ri keladi.

Hatto yuqorida keltirilgan yuzaki taqqos ham ikki mamlakat rivojlanish darajasini kategorik taqqoslashning noto‘g‘riligi haqida gapirishga asos bo‘la oladi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, gap Qozog‘istonning iqtisodiy rivojlanish natijalarining ahamiyati kamligi haqida emas, birinchi o‘rinda, ikki mamlakat iqtisodiyoti ularning taqqos raqobatdosh ustunliklari asosida rivojlanib borayotgani haqida ketmoqda. Qozog‘iston iqtisodiyotining rivojlanish xususiyatlarini uglevodorodlar, metallarning katta zaxiralari, g‘allachilikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar va unni maydalash sanoati kabilar tashkil qilgan bo‘lsa, bu ro‘yxat O‘zbekistonda quyidagicha: muhim kadrlar mavjudligi, meva-sabzavotchilik, rangli metallurgiya, yengil sanoatni rivojlantirish uchun qulay sharoit va boshqalar.

Amaldagi siyosatning qiyosiy ustunliklaridan qanchalik samarali foydalanilayotgani va rivojlangani haqida gapiradigan bo‘lsak, unda Qozog‘istonni ham mavjud davlat va xo‘jalik yuritishning institusional tizimi O‘zbekistonga qaraganda samaraliroq, deb ayta olmaymiz, O‘zbekistonni ham resurslardan samaraliroq foydalanmoqda, deb ayta olmaymiz. Shuni ta’kidlash kerakki, mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng davlat boshqaruvining samarali modelini yaratish jarayonlari Qozog‘istonda, shuningdek, O‘zbekistonda ham turli darajadagi muvaffaqiyatlar bilan davom etmoqda va bugungi kunda ham Qozog‘istonning ushbu sohadagi har qanday samarali yutuqlari haqida gapirishga hojat yo‘q. Buni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim Jo‘mart To‘qayevning joriy yil 1 sentyabrdagi murojaatnomasi tasdiqlaydi. Uning doirasida davlat sektorida islohotlar e’lon qilindi. O‘zbekistonda 2017 yilda butun institusional tizimni keng miqyosda isloh qilish boshlandi, bu bugun ham davom etmoqda, u davlat hamda jamiyat boshqaruvining samarali mexanizmlari topilmaguncha davom etadi.

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimi mamlakat rahbariyatining siyosiy yo‘nalishi va aholi hamda iqtisodiyot ehtiyojlari asosida o‘zgarishni davom ettirmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatni hayotning barcha sohalarini qisqa va uzoq muddatli rivojlantirish uchun 100 dan ortiq hujjat qabul qilindi. Masalan, o‘tgan yilning noyabr oyida qishloq xo‘jaligini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Taqqoslash uchun, Qozog‘iston hozirgi kunda agrosanoat majmuasini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik milliy loyihani ishlab chiqmoqda, uning doirasida O‘zbekistonda tasdiqlangan ko‘rsatkichlarga o‘xshash ko‘rsatkichlar belgilanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlashni istardimki, yuqori davlat lavozimini egallagan kishining jiddiy tahlillarsiz, «hamkasblar bilan muloqot»ga asoslangan xulosalarini asosli, deb aytib bo‘lmaydi.

Ba’zi yo‘nalishlarda Qozog‘iston muayyan choralarni ko‘radi, keyinchalik u O‘zbekistonda amalga oshiriladi, ba’zi yo‘nalishlarda esa O‘zbekiston Qozog‘istonga qaraganda tartibga solishning ayrim vositalari va mexanizmlarini ertaroq joriy etadi. Lekin shuni anglash kerakki, muayyan choralar mamlakatlar o‘rtasida siyosiy yoki iqtisodiy raqobat uchun emas, aholi farovonligini oshirishga va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan raqobat emas, balki hamkorlik, sa’y-harakatlarning sinergiyasini keltirib chiqaradigan va ikkala tomon uchun samarani ko‘paytiradigan hamkorlik shakllarini izlash muhimroqdir. Ikki qardosh xalqning foydasi uchun o‘zaro manfaatli hamkorlik nuqtalarini izlash ikki qo‘shni davlatlarning rivojlanish dinamikasini o‘lchashdan ko‘ra ancha konstruktiv, samarali va foydaliroqdir.

Raqobat emas, hamkorlik

O‘ljas Tuleuov intervyuda shu haqda ham gapirdi:

«Men Qozog‘istonning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integrasiyasida katta salohiyatni ko‘rmoqdaman (Evropa Ittifoqi va, xususan, Rossiya bilan integrasiya to‘g‘risida – tahririyat). Menimcha, Qozog‘iston bu yo‘nalishda integrasiyani kuchaytirishi kerak».

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, mavjud iqtisodiy manbalardagi farqlar tufayli O‘zbekiston va Qozog‘iston iqtisodiyoti raqobatdosh bo‘lishdan ko‘ra bir-birini to‘ldiradi. Oxirgi yillarda, asosan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan tashqi siyosatidagi o‘zgarishlar tufayli bu haqiqat tobora ravshanlashib bormoqda. 2017–2019 yillar mobaynida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshdi. 2016 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 1,9 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda u 77 foizga o‘sib, 3,4 milliard dollarga yetdi; 2016 yilda Qozog‘iston bilan savdo ulushi O‘zbekiston tashqi savdo hajmida 7,8 foizni, 2019 yilda esa 8 foizni tashkil etdi.

Qozog‘iston Milliy statistika byurosi ma’lumotiga ko‘ra, respublikaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashi 2016 yilda 3,1 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 5,3 milliard dollarga yetdi va 72 foizga o‘sdi. Eng katta o‘sish Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan savdo-sotiqda qayd etildi. Qozog‘iston eksportining umumiy hajmida 2019 yilda O‘zbekistonga eksport ulushi 3,4 foizni tashkil etdi (2016 yilda 2,5 foiz edi); bu ulush importda 2019 yilda 3,6 foizga yetdi (2016 yilda 2,3 foiz edi).

2019 yilda sarmoyaviy hamkorlikda Qozog‘istondan O‘zbekistonga investisiyalarning sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda (2017 yilga nisbatan 23 baravar ko‘p). Ushbu investisiyalarning diversifikasiyasi ham qayd etildi. Bu ko‘rsatkichlar nisbatan qisqa vaqt ichida erishilgan natijalarni namoyish etadi. So‘nggi yillarda sarmoyaviy hamkorlik va kooperasiya sohasida ikki iqtisodiyotning raqobatdosh ustunliklarini birlashtirishda sifat o‘zgarishi yuz berdi. Bunday hamkorlikning yorqin misollari mavjud. Masalan, o‘zbek avtomobillari Qozog‘iston hududida yig‘iladi, O‘zbekistonda Qozog‘iston bankining filiali, KazakhExport vakolatxonasi ochildi, tovarlarning chegarada harakatlanishi osonlashtirildi va boshqa qulayliklar yaratildi.

Biroq iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish salohiyati juda katta bo‘lib qolmoqda va tomonlar uni amalga oshirishga intilmoqda. Hozirda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi realizasiya qilinmoqda. Sayyohlik va transport sohasidagi hamkorlik masalalari ishlab chiqilmoqda, xususan, Silk Visa yagona vizasini joriy etish, Turkiston va Chimkentni O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bilan bog‘lovchi tezyurar temiryo‘l ishga tushirilishi ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekiston va Qozog‘istonning eng istiqbolli qo‘shma loyihalaridan biri «Markaziy Osiyo» xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini ochishdir. Uning doirasida tovar ayriboshlash hajmi 5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkichga bu yil erishilishiga koronavirus pandemiyasi to‘sqinlik qildi. Kelajakda mamlakatlar o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Xulosa o‘rnida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari oxirgi yillardagi ikki tomonlama munosabatlarning dinamikasiga qarab, o‘zaro manfaatli hamkorlikka yo‘naltirilgan siyosatning asosiy oqimida konstruktiv muloqot orqali har qanday qarama-qarshiliklarni yoki kelishmovchiliklarni olib tashlab, raqobat borasida axborot makonidagi ishtiyoqlarga e’tibor bermasliklarini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Axir hamkorlikka e’tibor har ikki mamlakatning rivojlanishini tezlashtirishga yordam beradi.

Odil Olimjonov,

iqtisodiyot fanlari doktori, professor


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.