Asiana Airlines yo‘lovchisi Janubiy Koreyaga qo‘nishdan oldin samolyot eshigini ochib yubordi

Asiana Airlines yo‘lovchisi Janubiy Koreyaga qo‘nishdan oldin samolyot eshigini ochib yubordi

Asiana Airlines yo‘lovchisi Janubiy Koreyaning Tegu aeroportiga qo‘nishdan oldin samolyot eshigini ochib yubordi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot eshigi 250 m balandlikda ochilgan.

Ichida 194 kishi bo‘lgan samolyot shu holatda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Qo‘nish muvaffaqiyatli o‘tdi, biroq vaziyatning shokligi tufayli yo‘lovchilarning bir qismi nafas olishida muammolarga duch keldi. To‘qqiz kishi shifoxonaga yetkazilgan.

Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, voqea favqulodda chiqish joyi yonida o‘tirgan 33 yoshli erkak eshikdagi avariya ushlagichini tortib olganidan keyin sodir bo‘lgan.

Polisiya vaziyatni tekshirmoqda. Mahalliy hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, erkak qilmishining sabablari haqida gapirmagan va “u bilan oddiy suhbatlashish qiyin”. Shuningdek, u mast bo‘lmagani ham ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!