Ashuro kuni ro‘zasi fazilati

A A A
Ashuro kuni ro‘zasi fazilati

Muharram oyining o‘ninchi kuni Ashuro kuni deyiladi. Bu kunning o‘ziga xos fazilati bor. Bu haqda ko‘plab rivoyat va hadislar kelgan.

Hojib ibn Umar Hakam ibn A’rojdan rivoyat qiladi: “Men Ibn Abbos roziyallohu anhuning oldiga borsam u Zamzam oldida ridosi ustida yonboshlab yotgan ekan. Men: “Ashuro ro‘zasi haqida xabar ber”, dedim. Shunda u: “Agar Muharram oyi hilolini ko‘rsang, hisobini qilib, to‘qqizinchi kuni ro‘za tut”, dedi. Men: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday ro‘za tutarmidilar?” deb so‘ragandim, u: “Ha”, deb javob berdi” (Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Ahmad, Ibn Xuzayma, Ibn Hibbon va Tabaroniy rivoyati).

Ashuro kunining fazilati u kunda tutiladigan ro‘za bilan chambarchas bog‘liq. Yahudiylar Ashuro kunini ulug‘lab, bu kunda ro‘za tutardilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bundan xabar topganlaridan keyin o‘zlari ro‘za tutdilar va ummatlarini ham ro‘za tutishga buyurdilar. Hatto Ashuro kuni ro‘zasi o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘lishini xabar qildilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ro‘zasini tutganlarida o‘sha kuni ro‘za tutishga (boshqalarni ham) buyurdilar. Shunda: “Ey Rasululloh, bu kunni yahudiy va nasroniylar ulug‘lashadi”, deyildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kelasi yil, inshaalloh, to‘qqizinchi kuni ham ro‘za tutamiz”, dedilar. Kelasi yil kelmasdan avval Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etdilar” (Muslim, Abu Dovud va Tabaroniy rivoyati).

Hasan Ibn Abbosdan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ashuro kuni ro‘zasini o‘ninchi kuni tutishga buyurganlar” (Termiziy rivoyat qilgan va: “Ibn Abbosning rivoyati hasan-sahih”, degan).

Bu avvalda bo‘lgan ish. Ya’ni, Nabiy sollallohu alayhi va sallam yahudiy va nasroniylar Ashuro kunini bayram qilishlaridan xabar topgunlarigacha Muharram oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutib kelganlar va boshqalarni ham bu ishga targ‘ib qilganlar.

Imom Tobaroniy va Bayhaqiylar rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi», deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki xil ro‘zani intiq bo‘lib kutardilar. Bular Ashuro kuni ro‘zasi va Ramazon oyi ro‘zasi. Ramazon oyi ro‘zasi farz. Uni tutgan banda cheksiz ajr-savobga erishadi. Bu oy fazilati va unda tutiladigan ro‘za haqida qancha gapirsa, shuncha oz. Ammo mazkur rivoyatda Ashuro kunining ro‘zasi ham qanchalik fazilatli ekani aytilmoqda. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biron amalni qilishga behikmat intiq bo‘lmaganlar. U zot qachon Muharram oyi kelar ekan, o‘sha kunda ro‘za tutaman, deb intizorlik bilan kutdilarmi, demak, bu kunda ro‘za tutish, boshqa solih amallarni qilish maqsadga muvofiq. Biz ham Payg‘ambarimizga ergashib, Ramazon va Ashuro ro‘zalarini intiqib kutishimiz va ularni risodaladgidek ado etishga harakat qilishimiz kerak.

Hishom ibn Urva otasidan, otasi Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladi: “Johiliyat davrida Quraysh Ashuro kuni ro‘zasini tutardilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham ushbu kun ro‘zasini tutardilar. U zot Madinaga borganlarida ham bu kun ro‘zasini tutdilar va boshqalarni ham ro‘za tutishga buyurdilar. Ramazon oyi ro‘zasi farz bo‘lganida Ashuro kuni ro‘za tutishni tark qildilar. Bas, kim xohlasa tutar. Xohlamaganlar tutmas edi” (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Dorimiy, Molik va Ahmad rivoyati).

Ushbu rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam payg‘ambar bo‘lganlaridan to hijriy ikkinchi yilgacha Ashuro kuni ro‘zasini tutganlar va boshqalarga ham ushbu kun ro‘zasini tutishni buyurganlar. Hijriy ikkinchi yilda Ramazon oyi ro‘zasi farz bo‘lganidan keyin u zot Ashuro kuni ro‘zasi ixtiyoriy ekani, xohlaganlar tutishi va xohlamaganlar tutmasligi mumkinligini ma’lum qildilar.

Lekin e’tibor berib qarasak, boshqa biron nafl ro‘zaga Ashuro kuni ro‘zasichalik targ‘ib qilmaganlar. Shundan ma’lum bo‘ladiki, bu kuni ro‘zasini tutish sunnati muakkada sanaladi.

Abu Qatodadan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Ashuro kuni ro‘zasi o‘tgan yilgi gunohlarga kafforat bo‘lishidan umid qilaman!” deganlar (Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati).

Bu hadisdan Ashuro kuni tutiladigan ro‘zaning qanchalik fazilatli ekani ma’lum bo‘ladi. Boshqa oy yoki kunlarda tutiladigan ro‘za tufayli bandaning gunohlari kechirilishi aytilsa-da, biroq qancha gunohi mag‘firat qilinishi aniq bayon qilinmagan. Ushbu rivoyatda esa Ashuro kuni ro‘za tutgan bandaning avvalgi yilda qilgan gunohlari kechirilishi ma’lum qilinmoqda.

Qaysi banda niyat va ixlos bilan Ashuro kuni ro‘zasini tutsa, va’da qilingan ajr-mukofot va gunohlari kechirilishiga erishadi. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik, fursatni g‘animat bilib, solih amallarda peshqadam bo‘lish har bir mo‘min insonning burchidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ukrainaga zudlik bilan juda katta pul kerak

Украина жиддий молиявий қийинчиликларга дуч келмоқда ва яқин йилларда кенг кўламли ташқи ёрдамга муҳтож, деб ёзади AP.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.