"Asalxoney" pichoqlangani rostmi?

"Asalxoney" pichoqlangani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda "Asalxoney" nomi bilan tanilgan shaxs o‘z uyida pichoqlab ketilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

"Zamon.uz" mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur xabar haqiqatdan yiroq bo‘lib, Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati tomonidan bu kabi ma’lumot tarqatilmagan, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilmagan.

5 yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida ayol kishining pichoqlanib ketilganligi haqidagi xabar Toshkent shahar IIBB Axborot xizmatiga kelib tushmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!