Ijtimoiy tarmoqlarda 8 sentyabr kuni «Asakada odam o‘g‘risi ushlandi» sarlavhali video tarqaldi. Videodagi holat yuzasidan Andijon viloyati IIB axborot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 7 sentyabr kuni soat taxminan 16:30 da 2010 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan R.S. ismli qiz Asaka shahar markaziy dehqon bozorida yurgan vaqtida unga Asaka tumani «Baynalmilal» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro O.R. mast holda odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakatlar qilgan.
Qiz mast holdagi O.R.ning xatti-harakatlaridan qo‘rqib ketib, bozor ichidagi odamlardan yordam so‘ragan. Shu vaqtda fuqarolar O.R.ni ushlamoqchi bo‘lib quvgan va uni Umid ko‘chasida ushlashgan, so‘ng uni qizning yashash uyiga olib borishgan. «Surishtiruv davomida fuqaro O.Rga Asaka tumani ‘Baxrin’ mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan F.H. tan jarohati yetkazgani aniqlandi.
Sodir etilgan holat yuzasidan chaqiruvga asosan, Asaka tumani IIB xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, xuquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarni tuman IIB binosiga olib kelgan va surishtiruv ishlarini olib borgan. Qayd etishlaricha, hozirda ushbu holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi IIB axborotida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Учрашувдан сўнг Рубио АҚШ ва Европа ўртасида тушунмовчиликлар борлигини рад этди. "Ҳеч ким бақираётгани, овоз кўтараётгани ёки салбий гаплар айтаётгани йўқ", – деди у.
Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.
Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.
Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.
Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.