Asad BAAga bordi

Suriya prezidenti Bashar al-Asad Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) prezident Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar o‘tkazish uchun keldi.
“Prezident Bashar al-Asad rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga yetib keldi”, — deya Asad idorasi bayonotidan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.
Qayd etilishicha, Suriya delegasiyasi tarkibida bir qator vazirlar, shuningdek, Suriyaning Abu-Dabidagi elchixonasining muvaqqat ishlar vakili bor.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)