Artyomovskda Ukrainaning sakkizta hujumi qaytarildi

Artyomovskda Ukrainaning sakkizta hujumi qaytarildi

O‘tgan uch kunda keng ko‘lamli hujumga qaramasdan, jiddiy muvaffaqiyatga erisha olmagan Ukraina Qurolli kuchlari 7 iyun kuni Artyomovsk mudofaasini yorib o‘tishga harakat qildi.

Artyomovskning g‘arbiy chekkasi, Yagodnoye, Dubovo-Vasilevka, Andreevka, Orexovo-Vasilevka, shuningdek, Klesheevka aholi punkti hududlarida UQKning 56-moto-piyoda, 57-mexanizasiyalashgan brigadalari sakkiz marotaba hujumga o‘tishga urinishlari "Janub" qo‘shinlar guruhi tomonidan muvaffaqiyatli qaytarildi. Artyomovsk va Janubiy Donesk yo‘nalishida dushman o‘z maqsadiga erisha olmadi.

O‘tgan sutka davomida Ukraina qurolli kuchlarining 415 nafar harbiy xizmatchi, ikkita tank, to‘qqizta zirhli jangovar texnika, oltita boshqa texnika, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va "Msta-B" gaubisasi yo‘q qilindi.

Vremevskiy bo‘rtig‘ida ham dushmanning uchta hujumi qaytarildi. Ukraina armiyasining ikkita batalyon taktik guruhlari tomonidan DXRning Neskuchnoye, Novodoneskoye va Zaporojye viloyatining Levadnoye aholi punktlari hududlariga amalga oshirilgan hujumlar Rossiyaning "Sharq" qo‘shinlar guruhi tomonidan qaytarildi.

Janubiy Donesk yo‘nalishida o‘tgan sutka davomida 190 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, 8 ta tank, shu jumladan, Fransiyada ishlab chiqarilgan ikkita AMX-10 g‘ildirakli tanki, 20 ta zirhli jangovar mashinasi, 12 ta texnikasi, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, D-20 va D-30 gaubisalari va "Giasint-B" to‘pi yo‘q qilindi.

Rossiya havo mudofaa kuchlari tomonidan o‘tgan sutka dvomida:

Ukraina Harbiy-havo kuchlarining bitta Su-27 va bitta MiG-29 qiruvchi samolyoti urib tushirildi;

AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS, "Uragan" va "Olxa" reaktiv tizimlarining 24 ta raketasi tutib olindi;

DXRning Donesk, Verxnetoreskoye, Gornyak, LXRning Verxnekamenka, Kremennaya, Makiivka, Ilchenkovo, Zaporojye viloyati Injenernoye, Xerson viloyatiniing Golaya Pristan aholi punktlarida Ukrainaning 22 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.

Maxsus harbiy operasiya boshlangandan beri Ukraina jami 438 ta samolyot, 238 ta vertolyot, 4527 ta uchuvchisiz uchish apparati, 424 ta zenit-raketa majmuasi, 9634 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1119 ta ko‘p raketali tizimlar, 5034 ta dala artilleriya qurollari va minomyotlari, shuningdek, 10771 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!