Armanlar yana Ozarbayjon harbiylarini o‘qqa tutdi

Armanlar yana Ozarbayjon harbiylarini o‘qqa tutdi

Armaniston qurolli kuchlari Ozarbayjonning chegaradosh Kalbajar viloyati hududini o‘qqa tutdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi juma kuni Armaniston bilan davlat chegarasi hududida Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari yana o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 17 iyunga o‘tar kechasi Qalbajar viloyati chegarasidagi Demirchidam aholi punkti hududida joylashgan Ozarbayjon Qurolli kuchlarining pozisiyalari to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qqa tutilgan.

Vazirlik Ozarbayjon tomoni shoshilinch choralar ko‘rganini qayd etdi.

Harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar va texnikaga zarar yetgani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Bryusselda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ishtirokida uch tomonlama uchrashuv tashkil etilgandi.

Muzokaralar yakunida Mishel yaqin orada chegara komissiyalarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini, unda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi chegarani delimitasiya qilish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilishini aytgandi.

Ma’lumki, o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida armanlar Ozorbayjonga tegishli Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyatini bosib oladi. Oradan o‘ttiz yil o‘tib ozarbayjonlar o‘z hududini qaytarib olishga erishdi. Endilikda munosabatlar biroz iliqlashib, chegaralarni aniqlash borasida kelishuvga erishilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!