Argentina prezidenti koronavirusga chalindi. U yanvar oyida emlangandi

Argentina prezidenti koronavirusga chalindi. U yanvar oyida emlangandi

Argentina prezidenti Alberto Fernandes yanvar oyida Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangandan 3 oy o‘tib koronavirus bilan kasallanganini aytdi. Bu haqda prezident o‘zining “Tvitter”dagi sahifasida ma’lum qildi.

Aytishicha, uning harorati 37,3 va yengil bosh og‘rig‘i bor, antikor testi ijobiy natija bergan.

Fernandes shaxsiy shifokorining tavsiyalariga amal qilmoqda, hozirda o‘z o‘zini izolyasiya qilgan va biroz o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan, deb xabar beradi MIR 24.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!