ArcelorMittal kompaniyasining MDH bo‘yicha vise-prezidenti Qozog‘istonga keldi

 ArcelorMittal kompaniyasining MDH bo‘yicha vise-prezidenti Qozog‘istonga keldi

ArcelorMittal kompaniyasining MDH bo‘yicha vise-prezidenti yaqinda besh nafar konchi halok bo‘lgan zavoddagi muammolarni hal qilish uchun Qozog‘istonga keldi.

Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov va ArcelorMittal Temirtau kompaniyasi bosh direktori Biju Nair bilan uchrashuvda Vijay Goyal vaziyat bilan shaxsan shug‘ullanishini ta’kidladi.

Alixon Smoilov korxona rahbariyatiga sanoat xavfsizligini ta’minlashda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani, korxonaning atrof-muhitga salbiy ta’siri, ishlab chiqarishni modernizasiya qilishga yetarlicha sarmoya kiritilmayotganini ta’kidladi.

▪️3 noyabr kuni Lenin konida gaz chiqishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, komissiya aybning 100 foizi ish beruvchiga tegishli degan xulosaga keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!