Arab-Islom vazirlari delegasiyasi Kanada rasmiylari bilan uchrashdi

Arab-Islom vazirlari delegasiyasi Kanada rasmiylari bilan uchrashdi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon bin Abdulloh boshchiligida Ar-Riyodda o‘tkazilgan Arab-Islom Favqulodda vaziyatlar qo‘shma sammiti nomidan tuzilgan vazirlar qo‘mitasi a’zolari Ottavada Bosh vazir Jastin Tryudo hamda Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Falastin Davlati tashqi ishlar vaziri Riyod Al-Malikiy va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan ishtirok etdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Qirolligi axborot agentligi – “SPA” ma’lum qildi.

Yig‘ilishda G‘azo sektoridagi voqeaning oqibati, jumladan qurolsiz fuqarolarga qarshi harbiy harakat kuchaygani muhokama qilindi. Qo‘mita a’zolari sektorda xavfsizlik va barqarorlikni tiklash uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini ta’kidladi.

Ular xalqaro hamjamiyatni tezkor harakat qilish va aholini Isroil ishg‘olidan himoya qilish bo‘yicha majburiyatni bajarishga chaqirdilar.

Shuningdek, G‘azoga yordam yetkazilishi uchun gumanitar yo‘lak yaratilishini ta’minlash bo‘yicha jiddiy va zudlik bilan chora ko‘rish zarurligini ta’kidlab, yordam oqimini cheklashga qarshi ekanliklarini aytdilar.

Bundan tashqari, 1967 yil 4 iyundagi chegaralar doirasida tegishli xalqaro rezolyusiyalar asosida mustaqil Falastin davlatini barpo etish uchun haqiqiy siyosiy muhit yaratish muhimligi ta’kidlandi, G‘azo masalasini Falastindan alohida muhokama qilishga qarshi fikr bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!