AQShning Ukrainaga yangi yordam paketidan nimalar o‘rin olgan?

AQSh Mudofaa Vaziri Lloyd Ostin Ukraina uchun 100 million dollarlik yangi yordam paketini e’lon qildi.
Paket quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– bitta HIMARS raketa artilleriya tizimi va qo‘shimcha o‘q-dorilar;
– Stinger zenit-raketa tizimlari;
- 155 mm va 105 mm kalibrli artilleriya snaryadlari;
– TOW tankga qarshi boshqariladigan raketalar;
– Javelin va AT-4 tankga qarshi tizimlari;
— 3 milliondan ortiq o‘q-dorilar.
Bu haqda Pentagon rahbari Ostin Zelenskiy bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)