AQShning Ukrainaga ajratgan 40 milliard dollardan ortiq mablag‘i nimaga sarflanadi?

AQShning Ukrainaga ajratgan 40 milliard dollardan ortiq mablag‘i nimaga sarflanadi?

Bugun AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi.

Strategik kommunikasiyalar markazi pul qayerga sarflanishini izohladi:

🔻6 milliard dollar — Ukraina Qurolli Kuchlari xavfsizligini ta’minlash uchun qurol-yarog‘, razvedka ma’lumotlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish va boshqa yordam uchun;

🔻 8,7 milliard dollar — Ukrainaga berilgan qurol zaxiralarini to‘ldirish uchun;

🔻 3,9 milliard dollar – Yevropa qo‘mondonligi operasiyalarini moliyalashtirish, jumladan, razvedka xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun;

🔻 11 milliard dollarlik qurol-yarog‘, harbiy va himoya vositalari va jihozlarini Bayden Ukrainaga tezlashtirilgan sur’atda yuborishi mumkin — Kongressning qo‘shimcha roziligisiz;

🔻 Davlat departamenti uchun 13,8 milliard dollar ma’qullandi, bu pulning asosiy qismi Ukraina hukumatiga o‘z faoliyatini davom ettirishga yordam berish uchun Iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;

🔻 4,4 milliard dollar Ukraina va boshqa mamlakatlarga oziq-ovqat yetkazib berishga yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!