AQShdagi shifoxonalarning birida mashhur rassomlarning asarlari yashirilgan ombor topildi

AQShdagi shifoxonalarning birida mashhur rassomlarning asarlari yashirilgan ombor topildi

Nyu-York shtatining Sautgempton kasalxonasi xodimlari taniqli rassomlarning abstrakt ekspressionizm uslubida yaratgan asarlari saqlanadigan omborni topdi.

New York Post  xabariga ko‘ra, tibbiyot muassasasi xodimlari o‘pkani sun’iy shamollatish apparatlarini qo‘yish uchun joy qidirayotganida tasodifan rasmlarni topishgan. Omborda Villem de Kuning, Aleksandr Kolder, Robert Desh va boshqa mashhur rassomlarning litografiya, rasm va yog‘ochdan yasalgan haykallari bor edi.

Mutaxassislarning fikricha, 1950-1980 yillarda yaratilgan ushbu asarlarning barchasi rassomlarning kasalxonadagi shifokorlarga bergan sovg‘asi edi, chunki o‘sha paytda u hududdagi yagona tibbiyot muassasasi bo‘lgan.

Topilgan barcha ishlar "Kaminski" kim oshdi savdosida sotiladi. Ularning boshlang‘ich narxi yuz ming dollarni tashkil etdi, ammo mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu millionga yetishi ham mumkin. Kim oshdi savdosidan tushgan mablag‘ kasalxonaga va Sautgempton tarixiy muzeyiga topshiriladi.

Avvalroq, AQShda do‘kon xizmatchisi Salvador Dali chizgan suratni topgandi. Mutaxassislar Dantening "Ilohiy komediya" asari uchun akvarelda chizilgan bir qator rasmlar Daliga tegishliligini aniqlagan edi. Asar 1200 dollarga sotilgan va undan tushgan mablag‘ xayriya ishlariga sarflangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!