AQShdagi saylov 7 kishini boy qildi. Ular kimlar?

AQShdagi saylov 7 kishini boy qildi. Ular kimlar?

Dunyodagi eng boy yetti kishining umumiy boyligi AQShdagi saylovlardan keyingi birinchi kunda 33 milliard dollarga o‘sdi, deb yozadi Forbes.

Amazon kompaniyasining bosh direktori va dunyodagi eng boy odam Jeff Bezos 10,5 milliard dollarga boyib ketdi. Facebook rahbari Mark Sukerbergning boyligi sakkiz milliardga oshdi. Uchinchi o‘rinni Google asoschisi Larri Peyj va Osiyoning eng boy odami, Reliance Industries xoldingi asoschisi Mukesh Ambani "baham ko‘rishmoqda". Hammaning boyligi 4 milliard dollarga ko‘paygan.

Amerika fond bozori ovoz berish fonida o‘sishni ko‘rsatdi. Texnik gigantlar o‘sish omillaridan biriga aylandi. Masalan, Amazon aksiyalari 6,32 foizga o‘sib, 3241 dollarni tashkil etdi.

Eng yaxshi 10 milliarderdan uchtasi o‘z boyliklarini ko‘paytira olmadi. Tesla asoschisi Ilon Mask (547 million dollar yo‘qotgan), investor Uorren Baffet 291 million dollar, Oracle asoschisi Larri Ellison 379 million dollar yo‘qotgan.

Avvalroq Jeff Bezos bir hafta ichida o‘z kompaniyasining aksiyalarini 3 milliard dollarga sotgani ma’lum bo‘lgandi. Shunday qilib, umuman olganda, 2020 yilda sayyoradagi eng boy odam o‘z kompaniyasining 10 milliard dollardan ziyod qimmatli qog‘ozlaridan xalos bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!