AQShdagi g‘alayon vaqtida Trampning qayerga yashiringani ma’lum bo‘ldi

AQShdagi g‘alayon vaqtida Trampning qayerga yashiringani ma’lum bo‘ldi

AQSh Prezidenti Donald Tramp juma kuni kechqurun Vashingtonda afro-amerikalik Jorj Floydning polisiya qo‘lida halok bo‘lgani natijasida bo‘lib o‘tayotgan namoyish paytida Oq uyning yer osti bunkerida bo‘lgan, deya xabar beradi mahalliy OAV.

The New York Times gazetasi xabariga ko‘ra, prezident juma kuni kechqurun namoyishchilar Oq uy darvozalaridan metall barrikadalarni tashlashganida bunkerga olib ketilgan. Nashrning qayd etishicha, bunker ilgari hujumlar paytida ishlatilgan.

CNN manbasi Tramp o‘z qarorgohiga qaytib kelishidan oldin taxminan bir soat davomida u yerda bo‘lganligini qo‘shimcha qildi. Birinchi xonim Melaniya Tramp va ularning o‘g‘li Barron hamrohlik qilganmi yoki yo‘qmi, noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni Minneapolisda bir afro-amerikalik polisiya tomonidan ushlandi. Hibsga olish paytida polisiyachilardan biri Floydning bo‘ynini tizzasi bilan bosdi. Oqibatda erkak bo‘g‘ilib vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!