AQShdagi bosmaxona tez orada buziladi

AQShdagi bosmaxona tez orada buziladi

Bu haqda Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

U Ukrainaga 40 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatishni ma’qullagan AQSh Kongressining “saxiyligi” haqida fikr bildirdi.

"Pul juda katta va uni Amerika harbiy-sanoat majmuasida bo‘lishish uchun ko‘plab ovchilar bo‘ladi. Okeanning ikki qirg‘og‘idagi oddiy o‘g‘rilar haqida gapirmasa ham bo‘ladi", - deya ta’kidladi siyosatchi.

Medvedevning qo‘shimcha qilishicha, Kiyevga pul ajratilishi na Ukrainaga muhabbat, na o‘z iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirmaydi.

Ammo Amerika rasmiylari Rossiyani zaiflashtira olmaydi va maxsus operasiya maqsadlariga erishiladi, dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!