AQShda uchinchi jahon urushi boshlanishi sababi aytildi

AQShda uchinchi jahon urushi boshlanishi sababi aytildi

G‘arbning Ukrainadagi mojaroga bevosita aralashuvi uchinchi jahon urushiga olib keladi. Ushbu fikrlarni amerikalik milliarder Devid Saks aytib o‘tdi.

U amerikalik tadbirkor Bill Akmanning agar G‘arb Ukraina osmonini himoya qilsa, «dunyo xavfsizroq bo‘ladi» degan gapiga shunday javob berdi.

«Agar siz parvozlar taqiqlangan hududni nazarda tutsangiz, bu Rossiya samolyotlarini urib tushirishni anglatadi va dunyo allaqachon uchinchi jahon urushida bo‘ladi», deydi Saks.

Bir kun avval Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina osmonini Isroildagi kabi himoya qilmayotganini bu turli mojarolar ekani bilan izohlagandi.

Moskva G‘arbning harbiy yordami Kiyev uchun yaxshi natija bermasligini va faqat mojaroni cho‘zishini, qurol-yarog‘ bilan tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanganini bir necha bor ta’kidlagan.

Oldinroq, Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Larri Jonson uchinchi jahon urushi allaqachon boshlanganini va Amerika Qo‘shma Shtatlari uni birovning qo‘li bilan Isroil va Ukraina orqali olib borayotganini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!