AQShda sirk tuyasi bilan bog‘liq voqea oqibatida 7 kishi jabrlandi (video)

AQShda sirk tuyasi bilan bog‘liq voqea oqibatida 7 kishi jabrlandi (video)

AQShda sirk tuyasi bilan bog‘liq noxush voqea oqibatida 7 kishi jabrlandi. Bu haqda Fox News telekanali ma’lum qildi.  

Telekanal ushbu voqea videosini e’lon qilgan. Videoda nazoratdan chiqqan tuya sahnadan tribunalar tomon yugurayotganini ko‘rish mumkin. Bunda tuya ustidagi sirkchi ayol oyog‘i egar-jabduqda chuvalashib qolgani sababli undan sakray ololmagan. Sirk xodimlari jonivorni tinchlantirishga erishishgan.

Telekanalning ma’lum qiliishicha, voqea oqibatida 6 nafar yosh bola va bir nafar katta yoshli odamga tibbiy yordam kerak bo‘lgan. Hech kim jiddiy jabrlanmagan. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!