AQShda parranda grippi tufayli tuxum inqirozi yuzaga keldi

AQShda tuxum narxi keskin oshib, do‘konlarda uni topish tobora qiyinlashmoqda. Bunga sabab – parranda grippining keng tarqalishi, natijada so‘nggi oylar ichida millionlab tuxum qo‘yuvchi tovuqlar halok bo‘ldi.
Ba’zi supermarketlar, jumladan Trader Joe’s, bir kishi faqat bitta quti tuxum sotib olishi mumkinligi haqida cheklovlar joriy qildi.
O‘rtacha narx: 12 dona tuxum uchun 4,15 dollar – bu 2023 yil yoziga nisbatan ikki baravar qimmat.
Ayrim hududlarda tuxum narxi 10 dollarga yetdi.
AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi bu yil tuxum yana 20% ga qimmatlashishini prognoz qilmoqda.
Defisit mamlakat bo‘ylab tuxum o‘g‘irliklari sonining ortishiga sabab bo‘ldi.
Pensilvaniyada yuk mashinasidan 100 000 dona tuxum o‘g‘irlandi, taxminiy qiymati 40 000 dollar.
Shunga o‘xshash o‘g‘irlik holatlari AQShning turli shtatlarida kuzatilmoqda.
Krizis AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga zarba bermoqda.
Tramp prezidentlikka qaytgach, narxlarni tushirishga va’da bergan edi, ammo tuxum defisiti yangi iqtisodiy sinovga aylandi.
Tanqidchilar tuxum taqchilligini siyosiy kurashda prezidentga qarshi qo‘llamoqda.