AQShda "dopingchi" shifokor qo‘lga olindi. U 10 yilga qamalishi mumkin

AQShda "dopingchi" shifokor qo‘lga olindi. U 10 yilga qamalishi mumkin

AQSh huquq-tartibot idoralari xodimlari Tokio-2020 yozgi Olimpiada o‘yinlari oldidan sportchilarni doping bilan ta’minlaganlikda gumon qilingan doktor Erik Lirani hibsga oldi.

Lira Grigoriy Rodchenkov nomidagi yangi antidoping qonuni asosida hibsga olingan birinchi shifokor bo‘ldi. 41 yoshli shifokor 10 yilgacha qamoq jazosi va 1 million dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, kamida ikki sportchi Lira xizmatlaridan foydalangani ma’lum. Ularning ismlari oshkor etilmagan, biroq katta ehtimol bilan ulardan biri Tokio Olimpiadasida o‘sish gormoni testi ijobiy chiqqan nigeriyalik sprinter Blessing Okagbaredir.

Aynan EPO va o‘sish gormonini sotib olishda Texasda yashovchi va 2020 yilgi o‘yinlar arafasida "taqiq"dan pul ishlashga qaror qilgan shifokor ayblanmoqda. Shu bilan birga, Liraning o‘zi nimada ayblanayotganini tushunmasligini aytdi. U sport advokati yordamida o‘zining aybsizligini isbotlashga umid qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!