AQShda bolalarga «Taxtlar o‘yini»dagi qahramonlar ismini qo‘yish ommalashdi

AQShda bolalarga «Taxtlar o‘yini»dagi qahramonlar ismini qo‘yish ommalashdi

Amerikaliklar orasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga Taxtlar o‘yini serialidagi qahramonlar ismini qo‘yish ommalashdi, deb xabar berdi TASS .

Ulardan eng mashhurlari Arya va Kxalisi ismlari bo‘ldi. 2018 yilda 2 545 nafar qizaloqqa Arya Stark sharafiga ism qo‘yilgan bu ism mashhurligi jihatidan 119-o‘rindan joy olgan.

Birinchi marta Arya ismi mashhur ismlar ro‘yxatida 2010 yilda paydo bo‘lgan edi. O‘sha paytda 273 nafar qizga, 2014 yilda esa 1 553 nafar qizga shunday ism qo‘yilgan.

Kxalisi ismi to‘qima dotraki tilida qirolicha degan ma’noni bildiradi. Bunday nom bilan filmning bosh qahramonlaridan biri Deyeneris Targariyen chaqirilar edi.

Kxalisi ismi mashhur ismlar ro‘yxatida 549-o‘rinda. Bunday ism 2018 yilda 560 nafar qizga, 2017 yilda esa 446 nafar qizga berilgan. U eng mashhur ismlar ro‘yxatiga ilk bor 2014 yilda kiritilgan.

Shu bilan birga, Deyeneris ismi chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar mingtaligidan o‘rin olmagan.

Taxtlar o‘yini seriali Jorj Martinning Muz va olov qo‘shig‘i romani asosida suratga olingan. Uning birinchi fasli premyerasi 2011 yilning aprelida bo‘lib o‘tgan, oxirgi sakkizinchi fasli esa 2019 yilning aprelida chiqdi. Serial Amerika televideniyesi tarixidagi eng qimmat loyihalardan biri bo‘ldi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!