AQShda bir oiladan o‘n kishi yong‘in qurboni bo‘ldi. Ularning barchasi o‘t uchiruvchining qarindoshi bo‘lgan

AQShda bir oiladan o‘n kishi yong‘in qurboni bo‘ldi. Ularning barchasi o‘t uchiruvchining qarindoshi bo‘lgan

AQShning Pensilvaniya shtatida ikki qavatli xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida o‘n kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Bundan tashqari, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilardan birining qarindoshlari bo‘lgan. Ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi Garold Beykerning Associated Press nashriga aytishicha, o‘nta qurbonlar orasida uning o‘g‘li, qizi, qaynotasi, kuyovi, kelin opasi, uch nabirasi va yana ikki qarindoshi bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning farzandlari va boshqa o‘lgan yosh avlod vakillari katta qarindoshlarinikiga mehmonga borgan.

Beyker, shuningdek, yonib ketgan uyda 13 ta it ham borligini aytdi, biroq ularning tirik qolgan-qolmaganiga aniqlik kiritmadi.

Tergovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in ayvonda ertalab soat ikkilarda sodir bo‘lgan va juda tez tarqalib ketgan. Bu odamlarning yonayotgan uydan qochishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lishi mumkin. Yonayotgan uydan uch kishi chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!