AQShda 14 yoshli «TikTok» bloger qiz nogiron opasini pichoqladi

AQShda 14 yoshli «TikTok» bloger qiz nogiron opasini pichoqladi

AQShda 14 yoshli «TikTok» bloger Kler Miller nogiron opasini o‘ldirishda ayblandi. Bu haqda «Dexerto»ga tayanib «Gazeta» nashri deb xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘smir 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, 19 yoshli nogiron opasini o‘ldirganini aytgan. Hodisa joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari qonga belangan qizni ko‘rgan. Miller esa doimo opasini o‘ldirganini takrorlab, qo‘llaridagi qonni yuvishga uringan. 

Polisiya ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat sodir etilgan paytda qizning ota-onasi uyda uxlab yotgan. 
Qayd etilishicha, Millerning videolari bir necha million marta ko‘riladigan «TikTok»dagi sahifasi ommaviy axborot vositalarida qotillik haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘lgandan so‘ng Ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan bloklangan. 

Ta’kidlanishicha, Miller voyaga yetmagan bo‘lsada, kattalar kabi sud qilinadi. U garov evaziga ozod qilish huquqisiz mahalliy qamoqxonaga olib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!