AQSh va Turkiya qarama-qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh va Turkiya qarama-qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Kecha, 2 noyabr kuni AQSh Turkiyaning ikki vaziriga nisbatan joriy qilingan cheklovlarni bekor qildi. Bu rasmiy Vashington va Anqara munosabatlari yaxshilana boshlaganini ko‘rsatadi.

“Reuters” xabar berishicha, amerikalik rohib Endryu Branson ozodlikka chiqqach, Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu va Adliya vaziri Abdulhamid Gulga nisbatan qo‘yilgan taqiqlar olib tashlandi.
 

Rasmiy Anqara ham bunga javoban ikki nafar amerikalik amaldor – ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen va Bosh prokuror Jeff Seshnsga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarini bekor qilgan.

Ma’lumot uchun, Turkiyada 20 yildan ortiq yashagan rohib Branson 2016 iyul oyidagi davlat to‘ntarishiga aloqadaorlikda ayblandi. Oktyabr oyida Turkiya sudi uni uch yil qamoq jazosiga hukm qildi. Biroq u uy qamog‘ida ushlangani uchun jazoni o‘tab bo‘lgan deb hisoblanib, ozodlikka chiqarildi.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!