AQSh va Germaniyada “O‘zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o‘tkaziladi

AQSh va Germaniyada “O‘zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o‘tkaziladi

“Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-87-son, 26.02.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish o‘rinlari va zamonaviy kasblar bilan ta’minlash, shuningdek, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur (Zero Risk);

mahalliy bozor uchun IT-xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT-bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyiha (Local to Global).

2024 yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT-xizmatlar bo‘yicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan IT-park vakolatxonasi (filiali) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, IT-park direksiyasiga mazkur xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar (filiallar) faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 2027 yil 1 yanvargacha har bir vakolatxona (filial)ga yiliga 200 ming AQSh dollari ekvivalentigacha moliyalashtirish uchun mablag‘ yo‘naltirishga ruxsat beriladi.

Xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda, shu jumladan 2024 yilda AQSh va Germaniyada “O‘zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!