AQShda o‘qituvchi hibsga olindi. U o‘smirni ota-onasining ruxsatisiz emlagan

AQShda o‘qituvchi hibsga olindi. U o‘smirni ota-onasining ruxsatisiz emlagan

Nyu-Yorkda o‘qituvchi ota-onasining roziligisiz o‘smirga COVID-19 vaksinasini qo‘llagani uchun hibsga olindi, deb xabar bermoqda USA Today.

Laura Parker Russo ismli o‘qituvchi o‘z uyida 17 yoshli o‘smir yigitni vaksina bilan emlagan va o‘smir zudlik bilan bu haqda onasiga xabar bergan. Yigitning onasi o‘g‘liga emlanishiga ruxsat bermaganligiga qaramay unga vaksina qo‘llanilgani uchun polisiya chaqirgan.

Polisiya holat yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborgan. 54 yoshli Parker Russo tibbiy ma’lumotga ega emasligi va vaksina qo‘llashga vakolatga ega bo‘lmay turib o‘smirni emlagani uchun hibsga olingan. O‘qituvchi o‘smirga qo‘llagan vaksinani qayerdan olgani hozircha noma’lum ekanligi ta’kidlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!