AQSh Ukrainaning Rossiyaga zarba berishiga «yo‘l qo‘ymaydi» yoki «rag‘batlantirmaydi» - Davlat departamenti

AQSh Ukrainaning Rossiyaga zarba berishiga «yo‘l qo‘ymaydi» yoki «rag‘batlantirmaydi» - Davlat departamenti

AQSh Davlat departamenti Amerika Ukrainani Rossiya hududiga zarba berishga «yo‘l qo‘ymaydi» va «rag‘batlantirmaydi» deb ishontirmoqda.

Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Rossiya Ukrainani uning harbiy infratuzilmasiga hujum qilishda ayblaganidan so‘ng, «Biz Ukrainani suveren hududida, Ukraina tuprog‘ida, uning chegaralarini kesib o‘tgan rus tajovuzkorlariga qarshi foydalanishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bilan ta’minlaymiz», dedi.

Prays, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga o‘z mamlakatidan tashqarida foydalanishi mumkin bo‘lgan qurollarni bermasligini ta’kidladi. «Biz har doim bu mudofaa qurollari ekanligini aniq aytib kelganmiz», dedi u.

Shu bilan birga, AQSh Davlat departamentiga ko‘ra, kechagi Rossiyaning ikkita harbiy havo bazasiga qilingan hujumlar katta ehtimol bilan Ukraina tomonidan uyushtirilgan.

AQSh Davlat kotibi yordamchisi Viktoriya Nuland ta’kidlaganidek, hech kim dron hujumlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi, biroq «maqsadlar Rossiya asosiy infratuzilmaga zarba berish uchun foydalanadigan bombardimonchilar edi».

«Avval aytganimdek, ukrainaliklar nihoyatda zukko», - deydi Kiyev safaridan qaytgan Nuland. «Ular o‘zlarining texnologiyalari va jihozlari ustida qattiq ishlaydilar.»

Shu bilan birga, Davlat departamenti vakili yana bir bor Amerikaning Ukrainani Rossiya hududi tubida zarba berishga qodir qurollar bilan ta’minlashdan bosh tortish siyosati o‘zgarishsiz qolayotganini eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!