AQSh Ukrainaga yadro qurolini yetkazib bermaydi

AQSh Ukrainaga yadro qurolini yetkazib bermaydi

AQSh ma’muriyati Ukrainaga yadro qurolini yetkazib berilishiga yo‘l qo‘ymaydi, bu haqda gap ham bo‘lishi mumkin emas, deb bayonot berdi AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Karen Donfrid payshanba kuni.

«AQSh qurol yetkazib berish yo‘li bilan Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatmoqda. Ammo, yadro qurolini yetkazib berish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu haqda gap ham bo‘lishi mumkin emas», – dedi Donfrid AQSh kongressining Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishida so‘zga chiqib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!