AQSh Tayvanga 360 million dollarlik qurol yetkazib beradi

AQSh Tayvanga 360 million dollarlik qurol yetkazib beradi

AQSh Davlat departamenti Tayvanga 360 million dollarlik qurol yetkazib berishga ruxsat berdi. Partiyaga raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari kiradi, deya xabar beradi «Voice of America».

«Ushbu qurollar qabul qiluvchi tomonning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va mintaqada harbiy, siyosiy va iqtisodiy muvozanatni saqlashga yordam berish uchun mo‘ljallangan», — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Tayvan qiymati 60 million dollarlik Switchblade-300 raketalarini va 300 million dollarlik barcha jihozlari bilan ALTIUS 600M-V dronlarini olishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!